Flutterda ilovalar yaratishda eng avvalo Dart dasturlash tili bilan tanishib chiqish juda ham muhimdir.Chunki Dart bu Flutter da ilovalarini yaratish uchun asosiy dasturlash tili hisoblanadi.
Dart dasturlash tili asoslarini bilish va tushunish keyinchalik Flutterda toza va samarali kod yozish imkonini beradi.
Bugungi kirish darslarimizdan boshlab sizni Dart dasturlash tili bilan tanishtirib boramiz.Birgalikda Dart dasturlash tilining xususiyatlari va uni Flutter doirasida qanday ishlatilishini birgalikda ko’rib chiqamiz.
Dart
Dart – bu mijoz uchun optimallashtirilgan, ob’ektga yo’naltirilgan, zamonaviy, kross platformali dasturlash tili bo’lib, Android, iOS, Veb–brauzer, Windows,MacOS,Linux va boshqa platformalar uchun dasturlar yaratish imkonini beradi.Dart dasturlash tili Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan.
Hozirda Dart o’rganish uchun eng afzal tillardan biri hisoblanadi. Flutter bilan yuqori sifatli ilovalarni ishlab chiqish uchun Dartni yaxshi tushunish kerak.
Agar siz C, Java, C#, Javascript yoki boshqa bir dasturlash tillarni bilsangiz. Dartni o’rganish siz uchun oson bo’ladi. Bizni Dart buyicha darslarimiz noldan boshlab yuqori darajani o’z ichiga oladi.
Dartning o’ziga xos xususiyatlari
Bepul va ochiq kodli dasturlash tili |
Obyektga yunaltirilgan dasturlash tili |
Kross platformali (Android, IOS, Windows, Linux, MacOS, veb-brauzer) |
Tez rivojlanib borayotgan va kelajagi bor dasturlash tillaridan biri |
O’zbekistonda endi rivojlanayotgan dasturlash tili hisoblanadi. |
Dart va Flutter o’rtasidagi farq
Dart – mijoz uchun optimallashtirilgan, ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tili. Flutter tufayli bugungi kunda mashhur. Faqat Dart yordamida to’liq dasturlarni yaratish qiyin, chunki siz ko’p narsalarni o’zingiz boshqarishingiz kerak.
Flutter – bu dart dasturlash tili asosida yaratilgan framework. Flutter yordamida siz android, iOS, veb-browser, desktop va boshqa platformalar uchun dasturlar yaratishingiz mumkin. Frameworkda dasturlarni tezroq tayyorlash uchun tayyor vositalar mavjud.
Dart dasturlash tili tarixi
Dart dasturlash tili 2011-yilning 10-12-oktabr kunlari Daniyaning Orxus shahrida bo’lib o’tgan, GOTO konferensiyasida javascriptga muqobil sifatida taqdim etildi.
Dart 1.0 2013-yil 14-noyabrda chiqarilgan.
Dart 2.0 2018-yil avgust oyida chiqarilgan.
Dart 3.0 2023-yil may oyida chiqarilgan.
Hozirgi vaqtda eng so’ngi versiyasi Dart 3.3(2024-yil 15-Fevral) hisoblanadi.
Dart dasturlash tili buyicha tuliq ma’lumotlarni rasmiy saytidan topish mumkin.
Yoddda saqlash kerak:
1.Dart – bepul va ochiq kodli dasturlash tilidir. Dart dasturlarini ishga tushirish uchun hech qanday pul to’lashingiz shart emas.
2.Dart – bu platformadan mustaqil til bo’lib, Windows, Mac va Linux kabi deyarli barcha operatsion tizimlarni qo’llab-quvvatlaydi.
3.Dart – obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, inkapsulyatsiya, meros, polimorfizm, interfeys va boshqa barcha OOP xususiyatlarini qo’llab-quvvatlaydi.
4.Dart – barcha zamonaviy brauzerlarda ishlaydigan javascript kodiga dart kodini tarjima qiladigan dart2js kompilyatori bilan birga keladi.
5.Dart – bu ilovalar yaratish uchun dunyodagi eng mashhur fremeworklardan biri Flutter tomonidan ishlatiladigan dasturlash tili hisoblanadi.
Comments