Assalomu alaykum do’stlar, Linuxga bag’ishlangan bepul «Linux Foundation» deb nomlangan kursimizning birinchi ya’ni kirish darsiga xush kelibsiz. Ushbu darsdan boshlab birgalikda Linuxda ishlashni noldan o’rganishni boshlaymiz!

Linux bu shunchaki operatsion tizim emas balki kompyuterlar bilan ishlashning butun bir falsafasi deyish mumkin.Ushbu kursda Linux bilan ishlash asoslarini,asosiy terminal komandalarini qanday ishlatishni,Linuxda tarmoqni sozlashni,foydalanuvchilar yaratish va ularni boshqarish,Linuxda adminstratsiya shunga o’xshash ko’plab muhim bilimlarni o’rganamiz.Siz yangi bilim va chaqiruvlarga tayyormisiz? Agar javobingiz Xa bo’lsa unda Linux dunyosiga xush kelibsiz!

Linux shaxsiy kompyuterlardan(PC va noutbuklar) tashqari barcha turdagi kompyuterlarda foydalanish buyicha eng yuqori o’rinda turadi.O’rnatilgan tizimlar,mobil telefonlar,serverlar,bulutli texnologiyalar,super kompyuterlar barcha barchasi linux yadrosi asosida ishlaydi.

Linux shaxsiy kompyuterlar va Mainframelarda foydalanish buyicha muvaffaqiyatsizlikka uchradi chunki bu segmentlarda yirik gigant monopoliyalar-Microsoft,Apple,IBM yetakchilik qilmoqda.Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan operatsion tizim 2024 yil fevral holatiga ko’ra 72,17% ko’rsatkich bilan Windows bo’lib qolmoqda.Microsoft o’z hukmronligini saqlab qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda (IBM asta-sekin o’z o’rnini yo’qotmoqda — o’zining mainframe larini Linuxga o’tkazmoqda).Microsoft-ning qo’lida ulkan Windows ekosistemasi mavjud va bu asosan biznes va oddiy foydalanuvchilar uchun ideal operatsion tizim bo’lib qolmoqda.

Ammo Linux ekosistemasi ham 15 yil oldingiga nisbatan ancha o’sdi va endi ko’plab tashkilotlar va oddiy foydalanuvchilarda Linuxga o’tish uchun jddiy sabablar paydo bo’lmoqda.Statistikaga qaraydigan bo’lsak 2024-yil fevral holatiga ko‘ra, shaxsiy kompyuterlar operatsion tizimlarining jahon bozorida Linux yadrosiga ega platformalarning ulushi birinchi marta 4 foizdan oshdi va taxminan 4,03 foizni tashkil etdi.Linuxning o’ziga xos jihatlari bilan tanishib chiqamiz.

Shaffoflik

Linux operatsion tizimi

Linux va uning ekosistemasidagi aksariyat dasturlar GPL va BSD kabi ochiq/bepul litsenziyalarga ega.Bu shuni anglatadiki dasturlarning ochiq kodlari qandaydir maxfiy serverlarda emas balki butun dunyo ko’z o’ngida ya’ni barcha uchun ochiq bo’lgan serverlarda(masalan github,gitlab) joylashgan.Bundan tashqari, ushbu dasturlarni ishlab chiqish jarayoni ham to’liq ochiq holatda, har bir o’zgarish qayd etib boriladi va hamma ko’rishi mumkin.Shu sababli, dastur kodlari butun dunyo bo’ylab markazlashtirilmagan mutaxassislar tarmog’i tomonidan xatolar, zaifliklar va zararli dasturlar uchun doimiy ravishda tekshiriladi.Butun dunyo bo’ylab istalgan dasturchi dasturni rivojlantirish buyicha qandaydir o’zgartirishlarni(patch) yuborishi yani Linuxni rivojlanishiga o’z xissasini qo’shishi mumkin.

Mavjudlig

Linux operatsion tizimning litsenziyalangan versiyasini mutlaqo bepulga internetdan yuklab olishingiz mumkin.Ha RHEL kabi pullik Linux distributivlari ham bor ammo tulov operatsion tizim uchun emas balki uning yangilanishlari(update) va texnik qo’llab quvvatlash xizmati(support) uchun to’lanadi.Distributivning o’zini xech qanday tulovlarsiz qononuy ravishda yuklab olish mumkin.

Linux distributivlari

Yirik biznes kompaniyalar va yirik davlat tashkilotlari Linuxdan foydalanish orqali litsenziyalar uchun juda katta mablag’larni tejab qolishlari mumkin chunki pullik dasturlarni sotib olishga majbur va bu katta xarajat talab qiladi shu bilan birga «cracklangan» ya’ni xalq tilida aytganda «пиратский » dasturiy ta’minotlardan foydalanish axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan tashkilot uchun juda xavfli bulishi mumkin.Oddiy foydalanuvchilar uchun ham «пиратский » dasturlardan foydalanish shaxsiy ma’lumotlarni tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.Chunki ushbu dasturlar kodlariga katta ehtimol bilan trojan yoki spyware viruslari kiritilgan buladi.

Xavfsizlik

Global tarmoqda xozirgacha aniqlangan zararli kodlar va viruslarning katta qismi Windows ekosistemasi uchun yaratilgan.Linux shaxsiy ma’lumotlaringizni, kompyuter tarmog’larini troyanlar,viruslar,xar xil josus spyware zararli dasturlardan ,maynerlardan,reklama viruslaridan yaxshi himoya qila oladi.

Linuxda xavfsizlik

Ha tugri,Linux serverlari ham tez tez buzib kiriladi,lekin ko’pincha hujumlar veb serverlar va unda o’rnatilgan dasturiy ta’minotlarning zaifligi yoki eski versiyalari ishlatilganligi yoki tizim adminstratorining ochiq yo’l qo’ygan xatolari evaziga sodir bo’ladi.Agar kerak bo’lsa, PaX va SELinux kabi yechimlar yordamida himoya darajasini maksimal darajaga ko’tarish mumkin.

Markazsizlashtirish(markazlashtirilmagan )

Ochiq va bepul dasturiy ta’minot aynan kimgadir tegishli emas aksincha barchaga tegishli.Shu sababli turli kompaniyalar, mamlakatlar, tashkilotlar, jamoalar va hatto Patrik Volkerding kabi shaxslar ham o’zlarining Linux distributivlarini (variant) yaratishi mumkin.Eng mashhur distributivlar soni 10 tadan kam emas.Umumiy Linux distributivlar soni aniq emas chunki har qanday tashkilot o’zining ichki ehtiyojlari uchun o’zining distributivini ishlab chiqishi mumkin.

Linuxda markazsizlashtirish

Moslashuvchanlik va xilma-xillik

Turli xil distributivlar ko’pincha bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi.Ya’ni bazi distributivlar (RHEL, SLED, Fedora, Ubuntu, Calculate) korporativ ekosistema va texnik qo’llab quvvatlashga e’tibor qaratsa boshqalari(Debian, openSUSE, Arch) esa universallik ya’ni ko’p qirrali va kuchli operatsion tizim yaratish tarafdori.

Linuxda xilma xillik

Maxsus moslashtirilgan distributivlar ham mavjud(media markazlari, ish stantsiyalari, uskunalar va robotlar uchun operatsion tizimlar),shu bilan birga o’ta yengil distributivlar ham bor.Axborot xavfsizligi bilan shugullanadiganlar uchun alohida Kali,Parrot va shu kabi boshqa maxsus distributivlar bor.NixOS va Gentoo tizimlar va amaliy dasturlarni sozlash, aniq vazifalar uchun mo’ljallangan tuzilmalarni yaratish uchun kuchli infratuzilmalarni taklif etadi.

Agar sizni oldingizda biror bir kompyuter muammosini hal qilish vazifasi turgan bulsa ehtimol aynan ushbu vazifaga muljallangan Linux distributivi allaqachon yaratilgan bulishi mumkin

Masshtablilik

Linux yadrosi o’rnatilgan tizimlarda ham,shaxsiy kompyuterlarda ham,serverlarda va superkompyuterlarda ham birday ishlaydi.Linuxda protsessorlar, yadrolar, operativ xotira va boshqa qo’rilmalar soniga nisbatan sun’iy cheklovlar yo’q.Bu degani siz noutbukizda o’rnatilgan linuxdan nusxa olib uni istalgan serverga o’rnatishingiz mumkin va bu muammosiz ishlaydi.Shu joyida Microsoft ga salom aytish mumkin ), bilamizki Windows 10 Pro ham 64 dan ortiq yadrolar bilan normal ishlashga imkon bermaydi 🙂

Xulosa

Albatta, Linux-ning oddiy foydalanuvchilar orasida ommalashmaganligi uning zarariga ishlaydi.Linux dan kam sonli odamlar foydalanadi bu fakt.Dasturiy ta’minot va apparat ishlab chiqaruvchilari uni(Linuxni) qo’llab-quvvatlashga hech qanday sabab yo’q.Ko’p oddiy odamlar Linuxga o’ta olmaydi o’tsa ham tushunmasdan yana Windowsga qaytadi.Lekin bu sizni bezovta qilmasin

Ushbu 4 foiz(Linuxdan foydalanuvchilar) ham — Millionlab foydalanuvchilar degani.Ularni shunchaki hisobdan chiqarish imkonsiz.Shaxsiy kompyuterlar bozoridan tashqarida, Linux deyarli global iqtisodiyotni egallab oldi.Shundey ekan sifatni mashhurlikka almashgan havaskorlar fikriga e’tibor bermeng va IT sohasida shaffoflik va erkinlik dunyosiga qo’shiling 😉

Mavzu buyicha savollar bo’lsa telegram guruhimizga yozishingiz mumkin.

Categorized in:

Tagged in: