Assalomu alaykum.Linuxni o’rganish buyicha «Linux foundation» deb nomlangan kursimiz davom etadi.Bugun ikkinchi dars.Ushbu darsimizda eng yaxshi Linux distributivlari va ularning xususiyatlari haqida gaplashamiz.

Istalgan Linux distributividan foydalanishingiz mumkin,ammo ba’zi distributivlar aynan qaysidir vazifaga ixtisoslashgan va moslashtirilgan bo’lib, ular bilan ishlash ancha yaxshi va osonroq.

Linux distributlari

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Linux distributivini tanlashda bir nechta muhim faktorlarni hisobga olish kerak.E’tiborga olinishi kerak bo’lgan bir nechta faktorlarni sanab o’tamiz:

1.Server muhitlari uchun stabillik ya’ni barqarorlik muhim ahamiyatga ega.Uzoq muddatli qo’llab-quvvatlashni (LTS) taklif etadigan va muntazam ravishda yangilanishlarni(Update) chiqaradigan distributivni qidiring.

2.Ko’pincha server bilan ishlash bu ishonchli xavfsizlik choralarini talab qiladigan maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashni o’z ichiga oladi.Tizimdagi xavfsizlik buyicha yuzaga kelgan kamchiliklarni(bug) muntazam ravishda o’z vaqtida bartaraf etadigan distributivdan foydalaning

3.Siz tanlagan Linux distributivi siz foydalanmoqchi bo’lgan server qo’rilmalarini qo’llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling.Server konfiguratsiyalari va boshqa komponentlar bilan operatsion tizimning mos kelishini tekshirish zarur.

4.Keyingi e’tiborga olinadigan jihat bu distributivning «komyunitiysi» ya’ni hamjamiyatining kattaligi va aktivligiga e’tibor berish kerak.Faol hamjamiyat serverni o’rnatish va sozlashda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etishda va optimallashtirishda qimmatli yordam, dokumentatsiya va resurslar taqdim etishi mumkin.Qisqa qilib aytganda savol paydo bo’lsa tezda javob topish mumkin bo’lsin.

5.Agar siz Linux o’rnatmoqchi bo’lgan serverda katta hajmdagi trafik bilan ishlash yoki resursni ko’p talab qiladigan faoliyat kutilayotgan bulsa ,samaradorlik va masshtabni kengaytirishga optimallashtirilgan distributivni tanlang.

6.Distributiv ekosistemasida dasturiy ta’minotlar va turli xil vositalar(tools)ning mavjudligiga e’tibor qarating.Ya’ni istalgan biror vazifani bajarish uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minotni ushbu distributiv ekosistemasidan topish mumkin bo’lsin

Eng stabil va mashhur bo’lgan Linux distributivlari bilan tanishib chiqamiz:

CentOS.

CentOS — bu Red Hat Enterprise Linux (RHEL) ga asoslangan bepul va ochiq kodli operatsion tizim.CentOS serverlar uchun barqaror,sifatli va xavfsiz platformani ta’minlash uchun yaratilgan.

CentOS uzoq muddatli qo’llab quvvatlash, muntazam yangilanishlar va keng ko’lamli dasturiy ta’minotlarni taklif etadi.U barqarorligi, xavfsizligi va RHEL bilan mosligi bilan tizim adminstratorlari orasida ancha mashhur.CentOS ga parallerl ravishda muntazam ravishda yangilanishlar chiqadigan CentOS Stream deb nomlangan yangi distributiv ham mavjud. Bu buyicha distributivning rasmiy sahifasidan ko’proq ma’lumot olish mumkin.

CentOS

CentOS uchun minimal talablar muayyan versiyaga qarab farq qilishi mumkin, lekin odatda 64 bitli protsessor, 1,5 Gb tezkor xotira va qattiq diskdan 10 Gb maydon talab qilinadi.

CentOS RHELning keng qamrovli sinovlari va ishonchliligidan foydalanadi, bu esa uni korporativ muhitlar uchun ideal operatsion tizimlardan biriga aylantiradi.U katta va faol hamjamiyat va dasturiy ta’minotlarning repozitoriyalariga ega.

CentOS ba’zi boshqa distributivlarga qaraganda dasturiy ta’minotlarning biroz eski ya’ni «ishonchli» versiyalariga ega bo’lishga intiladi, chunki u yangi funksiyalarga qaraganda barqarorlikka ko’proq e’tibor qaratadigan operatsion tizim xisoblanadi.Shu bilan birga, CentOS Stream maksimal stabil distributiv hisoblanmaydi.

https://www.centos.org

Ubuntu Server.

Ubuntu Server, aytish mumkinki, eng mashhur Linux distributivi, serverlar kutarish uchun ideal tanlov.U Debian arxitekturasiga asoslangan,barqarorlik va zamonaviy dasturiy ta’minotlar oʻrtasidagi balansni taklif etadi.

Agar siz o’zingizning bulut platformangizni yaratishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz, Ubuntu Cloud Serverni sinab ko’rishingiz mumkin.Ubuntu Server ishonchli va keng miqyosi platforma bo’lib, foydalanishning qulayligiga va xavfsizlikka urg’u beradi.Ubuntu keng ko’lamli dasturiy ta’minot paketlariga va kattagina qo’llab-quvvatlash hamjamiyatiga ega hisoblanadi.

Ubuntu

Ubuntu Server uchun minimal talablar 64-bitli protsessor, 2 GB operativ xotira va 25 GB doimiy xotira.Ubuntu Server ko’pgina dasturiy ta’minot va hardware qo’rilmalari bilan mos keladi.Ubuntu Server foydalanuvchilar uchun qulay interfeys va tuliq yozilgan va xamma narsa tushuntirilgan dokumentatsiyaga ega bo’lib, bu o’z navbatida sozlash va boshqarishni osonlashtiradi.

Muntazam ravishda yangilanishlar,uzoq muddatli qo’llab quvvatlash va dasturiy ta’minotlarning katta repozitoriyasi tufayli tizim adminstratorlarining ishonchini qozongan deyish mumkin.

Yo’qorida aytib o’tganimizdek Ubuntu Server asos sifatida Debiandan foydalanganligi sababli bazi mutaxasislar uni kamchiliklarga ega deb hisoblashadi.Masalan kritik yangilanishlar uchun o’zidan yuqori turgan distributivning repozitoriyalariga muhtojligi.Ba’zi odamlar Ubuntu Serverni ko’p resurs talab qiladigan distributiv deb hisoblashadi.Siz qandey fikrdasiz? fikrlarni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

https://ubuntu.com

Debian.

Debian eng yoshi katta va shu bilan birga eng nufuzli Linux distributivlaridan biridir.U o’zining yengilligi,foydalanish qulayligi, xavfsizligi va bepul dasturiy ta’minot tamoyillariga sodiqligi bilan mashhur.Debian ko’plab boshqa Linux distributivlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Debianning uch xil versiyasi mavjud: » Unstable«, » Testing » va «Stable«. «Stable» versiyaga faqat «Testing» versiyada testdan o’tgandan so’ng o’zgartirishlar kiritilganligi sababli, ushbu Linux operatsion tizimi juda ishonchli hisoblanadi.

Debian dasturiy ta’minotlarning katta repozitoriyasini, paketlarni boshqarishning mukammal vositalarini taklif etish bilan bir qatorda barqarorlik va xavfsizlikka katta e’tibor beradi.U qat’iy open source siyosatiga amal qiladi va mukammal dasturiy ta’minot kutubxonasiga ega bo’lib, foydalanuvchilarga tizimni sozlash uchun turli xil utilitalar, multimedia dasturlari va razrabotka uchun kerakli vositalarini o’z ichiga olgan dasturiy ta’minot paketlarining keng tanlovidan foydalanish imkonini beradi.Serverlar uchun Debian «Stable» dan foydalanish tavsiya etiladi.Debian, shuningdek, kamida 5 yil davomida versiyani qo’llab-quvvatlashni maqsad qilgan LTS variantiga ham ega.

Debian

Debian uchun minimal talablar 64-bit yoki 32-bitli protsessor (versiyaga qarab), 1GB (512 MB) operativ xotira va 10 GB doimiy xotira.

Debian distributivi barqaror va ishonchli bo’lib, u serverlarda va shaxsiy kompyuterlarda ham birdek foydalanish mumkin.U ham katta hamjamiyatga ega va ko’plab arxitekturalarni qo’llab-quvvatlaydi.Paketlarni boshqarish tizimlarining rivojlanishi va ko’p sonli dasturlarning mavjudligi ham uning o’ziga xos foydali jihati.

Debian-ning yangilanishlarni chiqarish davri boshqa distributivlarga qaraganda sekinroq bo’lishi mumkin, shu tufayli dasturiy ta’minotlarning versiyalari tez yangilanmasligiga olib kelishi mumkin.Dasturiy ta’minotni o’rnatish va sozlash ba’zi texnik bilimlarni talab qilishi mumkin.

https://www.debian.org

Red Hat Enterprise Linux (RHEL).

Red Hat Enterprise Linux (RHEL)-bu korporativ muhitlar uchun mo’ljallangan va serverlar adminstratorlari orasida ancha mashhurlikka erishgan Linuxning pullik distributivi hisoblanadi.RHEL ishonchli, xavfsiz va keng miqyosdagi platformani taqdim etadi.

Bu eng uzoq vaqt davomida qo’llab-quvvatlanadigan Linux distributivlaridan biridir.RHEL ko’plab ajoyib vositalarni(tools) taklif etadi.Ushbu distributiv pullik bulishiga qaramasdan uning ochiq serverlarda saqlanadigan kodlari bilan tanishib chiqish mumkin.

RHEL barqarorlik, xavfsizlik va samaradorlikka qaratilgan bo’lib, u asosan o’ta muhim va xavfsizligi o’ta yo’qori bo’lgan obyektlarda foydalaniladi.LTS versiyasi 10 yillik qo’llab-quvvatlashni taklif qiladi.

RHEL

RHEL uchun minimal talablar muayyan versiya va foydalanish shartlariga qarab farq qilishi mumkin.Odatda, 64-bitli protsessor, 1 GB operativ xotira va bir necha gigabayt disk maydoni talab qilinadi.

RHEL korporativ mijozlarga o’z vaqtida va ishonchli yordam ko’rsatadi.U o’ta yuqori darajadagi xavfsizlik, ish faoliyatini optimallashtirish va tizimni boshqarish uchun maxsus vositalarni taklif etadi.

RHEL bu pullik ya’ni litsenziya orqali tarqatiladigan Linux distributiv ekanligini aytib o’tdik bu esa rasmiy yangilanishlar,tizimdagi xavfsizlik buyicha kamchiliklarni bartaraf etishga muljallangan yangilanishlardan foydalanish uchun pullik obuna talab qilinadi.

https://www.redhat.com/en/technologies/linux-platforms/enterprise-linux

Fedora Server.

Fedora Server eng yangi open source texnologiyalarini yetkazib berishga qaratilgan bo’lib, server kutarish uchun ilg’or platformani taqdim etadi.Fedora Server dan tashqari, Fedora ning serverlar uchun ishlatiladigan boshqa versiyalari ham mavjud bular: Fedora CoreOS va Fedora IoT.

Fedora CoreOS konteynerlar yaratishga ixtisoslashgan distributivga aylandi.Bu uni ba’zi mutaxassislar uchun eng muhim va mashhur distributivga aylantirdi.Fedora Serverda versiya yangilanishlari juda tez amalga oshiriladi bu esa o’z navbatida dasturiy ta’minotlar va funksiyalarning eng oxirgi versiyaga doimiy yangilanib turishini ta’minlaydi.

FedoraOS

Asosiy e’tibor innovatsiyalar,moslashuvchanlik va hamjamiyatning faol ekotizimiga qaratilgan.Fedora Server uchun minimal talablar 64-bitli protsessor, 2 GB operativ xotira va 20 GB qattiq xotira.

Fedora Server eng so’nggi dasturiy ta’minot paketlari va xususiyatlarini taklif qilib, open source manbalarni ishlab chiqishda yetakchi hisoblanadi.Bu xavfsizlikning munosib darajasini saqlab qolgan holda, tajriba va eng yangi texnologiyalarni bitta distributivga birlashtirgan operatsion tizim hisoblanadi.

Fedora Serverda yangilanishlarning tez tez chiqarilishi dasturiy ta’minotlarning «stable» muddati boshqa distributivlarga qaraganda kamroq bo’lishiga olib kelishi mumkin.Ya’ni uzoq muddatli barqarorlik ustuvor bo’lgan server muhitlari uchun Fedora mos kelmasligi mumkin.Fedora Server tizimini ishlatish va unga xizmat ko’rsatish keng texnik ko’nikmalarni talab qilishi mumkin.

https://fedoraproject.org

Arch Linux.

Arch Linux — bu soddaligi va minimalist dizayni bilan mashhur bo’lgan yengil va juda moslashuvchan Linux distributivi hisoblanadi.Arch Linuxda ustuvor yunalish bu dasturiy ta’minotlar va tizim yangilanishlarning doimo eng so’nggi versiyalaridan foydalanish.

Arch Linux sodda va foydalanuvchiga yo’naltirilgan dizayn shuningdek minimal tizim sozlamalariga moslashtirilgan.U dasturiy ta’minotlarni o’rnatish va yangilash uchun hamjamiyat tomonidan yaratilgan Pacman paket menejeri va Arch User Repository (AUR) repozitoriyasidan foydalanadi.Yengil,minimalist dizayn va juda ko’p modifikatsiyaga ega bo’lganligi bilan ArchLinux Linuxda ishlashni endi boshlaganlar uchun u qadar mos kelmaydi.

Arch Linux

Arch Linux uchun tizim talablari o’rnatish vaqtida tanlangan maxsus apparat va dasturiy ta’minotga qarab farq qilishi mumkin.Odatda, 64 bitli protsessor, 512 MB operativ xotira va 1-2 GB domiy xotira talab qilinadi.

Arch Linux foydalanuvchilarga o’z xohishlariga mos tizim yaratish imkonini beruvchi toza va minimalistik muhitni taklif etadi.Arch Linux boshqa distributivlarga qaraganda o’rnatish va sozlash uchun Linux buyicha «chuqurroq» bilim talab qiladi.Bu yangi boshlanuvchilar yoki avtomatlashtirilgan tizimni xohlaydigan foydalanuvchilar uchun mos kelmasligi mumkin.

https://archlinux.org

Xulosa

Distributivlar ro’yxati shu bilan tugamaydi, chunki Linux open source bo’lganligi turli maqsadlar uchun Linux distributivlarini yaratishga imkon beradi.Siz uchun eng yaxshi Linux distributiv qaysi bo’lishi mumkin?Loyihangiz ehtiyojlariga, texnik bilimlaringizga va sizga eng mos keladigan boshqa faktorga asoslanib tanov qiling.

Mavzu buyicha savollar bo’lsa telegram guruhimizga yozishingiz mumkin.

Categorized in:

Tagged in: