Assalomu alaykum.Linuxni o’rganish buyicha «Linux Foundation» deb nomlangan kursimiz davom etadi.Bugun uchinchi dars.Ushbu darsimizda Linuxni o’rnatish usullari haqida gaplashamiz.

Umuman olganda, barchamizning o’z sevimli operatsion tizimimiz bor ya’ni kompyuterni yoqishimiz bilan ishga tushadigan va o’zida bizning barcha ma’lumotlarimiz va fayllarimizni saqlaydigan operatsion tizim.Ammo ba’zida bizga ma’lum bir vazifani bajarish uchun boshqa operatsion tizim o’rnatish zarurati paydo bo’lishi mumkin.Ikkinchi operatsion tizimni o’rnatishni bir nechta usullari mavjud:

Windows bilan yonma yon o’rnatish

Bunda ikkita operatsion tizimni kompyuterning bitta yoki bir nechta diskiga o’rnatish tushuniladi.Kompyuter yonishi bilan bizdan qaysi operatsion tizimni ishga tushirish suraladi.

Qaysi operatsion tizimni ishga tushirish so’ralmoqda

Ushbu usulning asosiy afzalligi shundaki,tanlangan yani ishga tushirgan operatsion tizimimiz kompyuterning xarakteristikasidan ya’ni harware qismidan to’liq foydalanadi.Bu shuni anglatadiki, biz maksimal samaradorlikka erishamiz va kompyuterning barcha komponentlardan to’liq foydalana olamiz.Kompyuterimiz xarakteristikasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar ikkita operatsion tizimni o’rnata olamiz faqatgina yetarli joy bo’lishi kifoya.

Buning uchun diskda xar bir operatsion tizim uchun razdel yaratishimiz yoki kompyuterimizda bir nechta qattiq disk bo’lishi ta’lab etiladi.Jarayon biroz murakkab bo’lishi mumkin.Chunki xar bir operatsion tizimni alohida alohida va tegishli o’zimiz yaratgan razdellarga o’rnatishimiz kerak.Odatda dastlab Windows keyin Linux o’rnatiladi.Bootloader kompyuterda o’rnatilgan boshqa operatsion tizimlarni aniqlashi kerak va agar u aniqlay olmasa, biz bootloaderni qo’lda sozlashimiz kerak bo’ladi.

Boshqacha qilib aytganda, ikkita operatsion tizimni yonma yon o’rnatish quyidagi hollarda eng yaxshi variant hisoblanadi:

1.Biz bir vaqtning o’zida faqat bitta operatsion tizimdan foydalanishimiz kerak bo’lsa, ya’ni biz bir vaqtning o’zida ikkita yoki undan ko’p operatsion tizim yuklanishini xohlamasak.

2.Protsessorda virtualizatsiya imkoniyati mavjud bo’lmasa, Operativ xotira kam bo’lsa yoki kompyuteriz xarakteristikasi juda ham oddiy bo’lsa.

3.Kompyuterimizda bir nechta bekor ishlatilmasdan yotgan qattiq disklar bo’lsa ya’ni biz ularni qayerga ishlatishni bilmay turgan bo’lsak.

4.Biz CPU yoki GPU ni to’liq samaradorlikda ishlatmoqchi bo’lsak .

Virtual mashina — ikkinchi operatsion tizimni o’rnatishning oson va xavfsiz usuli

Virtual mashina-bu bizning operatsion tizimimiz ustida ishlaydigan kompyuterning bir turi deyish mumkin.Bunda gipervisor (boshqacha aytganda virtualizatsiya dasturi) virtual apparatni simulyatsiya qiladi va uning mustaqil kompyuter sifatida ishlashini ta’minlaydi.Soddaroq qilib aytganda bizda virtual kompyuterlar paydo bo’ladi va biz ushbu virtual kompyuterlarga istalgan o’zimiz xoxlagan operatsion tizimni o’rnatishimiz mumkin bo’ladi.

Windowsni o’zida Hyper-V deb nomlangan virtualizatsiya dasturi mavjud.Bundan tashqari xuddi shu ishni qiladigan VMware(pullik) va VirtualBox dasturlari ham bor.

VMware virtualizatsiya dasturi interfeysi

Virtual mashinadan foydalanishning asosiy afzalligi uning xavfsizligidir.Biz o’zimizga kerak bo’lgan barcha virtual mashinalarni yaratishimiz va ular bilan istalgan amaliyotni bajarishimiz mumkin.Agar biror narsa noto’g’ri ketsa,bu faqatgina usha virtual mashinaga ta’sir qiladi ya’ni faqatgina usha virtual mashinamiz ishdan chiqishi mumkin,bizning asosiy operatsion tizimimiz yoki kompyuterimizdagi disklarimiz hech qachon xavf ostida qolmaydi.Virtual mashinaga yuklangan barcha narsa izolyatsiya qilingan.

VirtualBox interfeysi

Biz virtual mashinaga barcha turdagi operatsion tizimlarni o’rnatishimiz va ishga tushirib testlab ko’rishimiz mumkin.Bu Windows 10 yoki Linuxning oxirgi versiyasi bo’ladimi, muhim emas.Har qanday operatsion tizim virtual mashinada muammosiz ishlaydi.

Virtual mashina bilan bog’liq asosiy muammo bu samaradorlik.Ushbu virtual mashina bizning asosiy operatsion tizimimizda yuklanadi, shuning uchun bizga ikkala tizimning bir vaqtning o’zida ishlashini ta’minlash uchun xarakteristikasi kuchli bo’lgan kompyuter(protsessor va operativ xotira nazarda tutilmoqda) kerak bo’ladi.

Boshqacha qilib aytganda, virtual mashinaga ikkinchi operatsion tizimni o’rnatish juda yaxshi tanlov agar:

1.Kompyuterimiz xarakteristikasi juda yaxshi bo’lsa.

2.Bizga bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq operatsion tizimni ishlashi kerak bo’lsa.

3.Biz nimanidir testlash uchun xavfsizlik muhitini qidirayotgan bo’lsak.

4.Samaradorlikning yo’qolishi bizga muammo tug’dirmasa.

LiveCD

Bitta kompyuterda ikkita operatsion tizimdan foydalanishning yana bir usuli bu LiveCD-dan foydalanishdir.Bu usulda operatsion tizimni kompyuterning doimiy xotirasiga o’rnatishning hojati yo’q, chunki LiveCD kompyuterning tezkor xotirasi ya’ni RAM da ishlaydi.

LiveCD oynasi

LiveCD da jonli operatsion tizim USB diskdan kompyuterning operativ xotirasiga yuklanadi.Yuklangandan so’ng ushbu operatsion tizim ham boshqa odatiy o’rnatilgan operatsion tizim kabi funksional muammosiz ishlaydi va kompyuterning barcha hardware qo’rilmalaridan tuliq foydalanadi.LiveCD uchun ham qo’rilmaga quyiladigan talablar o’zgarmaydi shunchaki LiveCD ishlashi uchun qattiq diskdan joy kerak emas.Bundan tashqari, kompyuter o’chirilganda, ushbu operatsion tizim va uning ichidagi fayllar ham izsiz yo’qoladi,vaziyatga qarab bu holatni kamchilik deb ham hisoblash mumkin.

Ya’ni LiveCD bu eng yaxshi variant, agar:

1.Biz operatsion tizimni o’rnatmasdan uning qanday ishlashini sinab ko’rmoqchi bo’lganimizda.

2.Bizga har doim operatsion tizimni USB orqali o’zimiz bilan olib yurish zarurati tug’ilsa.

Mavzu buyicha savollar bo’lsa telegram guruhimizga yozishingiz mumkin.

Categorized in: