Kali Linux — kompyuter tizimlarining axborot xavfsizligini tekshirib ko’rish uchun eng yaxshi operatsion tizimlardan biridir.Bu haqida oldingi darsimizda aytib o’tgan edik.

Kali Debian-ga asoslangan operatsion tizim bo’lib,600 dan axborot xavfsizligini test qilishga muljallangan dasturlarni o’z ichiga oladi.

Yaratuvchi: Offensive Security
OT turkumi: Linux
Asos: Debian
Birinchi versiya: 13 mart 2013
paket menejeri: Dpkg
Qo'llab-quvvatlanadigan platformalar: x86, x86_64 и ARM
Litsenziya: GNU GPL
Ochiq kod repozitoriyalari: pkg.kali.org, gitlab.com/kalilinux
Veb sayt: https://www.kali.org/

Bu maqolada Kali Linuxni VirtualBoxga o’rnatishni va uni Windows tizimida qanday ishlatishni ko’rib chiqamiz.

1.VirtualBox-ni yuklab olamiz va o’rnatamiz

Birinchi qiladigan ishimiz VirtualBox-ni rasmiy Oracle veb-saytidan yuklab olamiz va o’rnatamiz.

https://www.virtualbox.org/

Yuklab olish yakunlangandan so’ng, VirtualBox-ni o’rnatish uchun yuklab olingan faylni ishga tushiramiz.O’rnatish jarayoni qiyin emas.Ubuntu/Fedora yoki boshqa bir Linux-da VirtualBox-ni o’rnatish haqida ham shunday deyish mumkin.

2.Kali Linux ISO obrazini yuklab olamiz.

ISO obrazni Kali linuxning rasmiy sahifasidagi «GET KALI» sahifasidan topishimiz mumkin.

https://www.kali.org/get-kali/#kali-platforms

GET Kali sahifasi

Kompyuteringizga mos razryadni tanlang biz 64 razryadni tanladik.

3.VirtualBox-da virtual mashina yaratish

VirtualBox ni ishga tushiramiz va Создать tugmasi orqali yangi mashina yaratamiz:

Образ ISO ga yuklab olgan Kali Linux iso obrazimizni ko’rsatamiz.Shundan so’ng VirtualBox o’zi avtomatik tarzda Тип va Версия(Ubuntu tanlanganiga axamiyat bermemiz) maydonlarini to’ldiradi.Имя ga o’zimiz xoxlagan so’zni kiritamiz va Далее bosib davom etamiz

Operativ xotiraga minimum 2 GB qoldirgan maqul.Agar kompyuteringiz xarakteristikasi kuchli bumasa 1GB qoldirishingiz xam mumkin.Agar teskarisi yani kompyuterda resurs ko’p bulsa 2GB emas 4GB ajratishingiz ham mumkin.Qancha operativ xotira ko’p bulsa shuncha yaxshi.

Protsessor haqida ham huddi shu gaplarni aytishimiz mumkin.Biz 2ta protsessor ajratdik.Agar sizda resurs ko’p bulsa ko’proq ajratishingiz mumkin.

Xotira minimum 25GB ajratishni maslahat beramiz.Chunki yangilanishlar tez tez chiqariladi shuningdek brute force hujumlarni sinab ko’rish uchun ishlatiladigan wordlistlar hajmi katta xotirani egallashi mumkin.Agar kompyuterda resurs ko’p bulsa ko’proq ajratish mumkin.

Yakunda bizning virtual mashinamiz xarakteristikasi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.Готово tugmasini bosamiz.

Endi Virtual mashinani ishga tushiramiz va Kali linuxni o’rnatish jarayonini boshlaymiz, buning uchun Запустить tugmasini bosamiz.

4.Kali Linuxni o’rnatishni boshlash

Ishga tushgandan so’ng, VirtualBox virtual mashinasida Kali Linuxni o’rnatish boshlanadi. Graphical install ni tanlaymiz

Siz o’zingiz xoxlagan tilni tanlashingiz mumkin .Biz ingliz tilini tanlaymiz, chunki asosiy ma’lumotlar ingliz tilida.

Joylashuvni tanlash so’ralmoqda.Biz Unitet Statesni tanlaymiz.Sizning tanlovingiz boshqacha bulishi mumkin.

Klaviatura konfiguratsiyasini o’zingiz xohishingizga ko’ra tanlang.

Xost uchun ism kiritamiz. Biz «cwgsecurity» deb kiritamiz, lekin siz istalgan nomni kiritishiz mumkin.

Agar kompyuter domenda bo’lsa, domen nomini kiriting, bizning holatimizda biz uni bo’sh qoldiramiz.

Tizimda root bo’lmagan yangi foydalanuvchi yaratiladi.Shu yaratiladigan foydalanuvchi uchun ism familiya kiritish so’ralmoqda.Siz o’z ma’lumotlaringizni kiritishingiz mumkin.

Tizimda foydalanish uchun username kiritish so’ralmoqda.Kiritilgan username keyinchalik tizimga kirishda ishlatiladi.Siz o’zizga boshqa username kiritishiz mumkin.

Kali linuxga kirish va foydalanish uchun parol kiritamiz

Maydonni o’zgarishsiz qoldiramiz.

Bu oynada bizdan diskdan qandey foydalanishni suramoqda.Boshlovchilar uchun eng yaxshi variant standart yani Guided- use entire disk variantini tanlash.Bunda disk bir nechta razdellarga ajratilmasdan ishlatiladi.

Continue tugmasini bosamiz va o’rnatishni davom ettiramiz.

Barcha fayllar bitta razdelda joylashishiga rozilig bildiramiz

Barcha o’zgarishlarni saqlashga va diskka yozishga ruxsat beramiz va keyingi oyna chiqishigacha biroz sabr qilamiz

Keyingi oynada bizdan qanaqa grafik interfeysdan foydalanishni so’ralmoqda.Biz Kali uchun standart bo’lgan sozlamalarni o’zgartirmasdan davom etamiz.

GRUB zagruzchikni diskka o’rnatishga ruxsat so’ramoqda ruxsat beramiz va davom etamiz

Bizni holatimizda bitta bo’lgan diskimizni ko’rsatamiz:

Shu bilan Kali Linux muvaffaqiyatli o’rnatilganligi haqida xabar chiqmoqda.Davom etishimiz bilan tizim qayta ishga tushadi va biz undan foydalanishimiz mumkin bo’ladi

5.Kali Linux tizimiga kirish

O’zimiz kiritgan username va parol orqali tizimga kiramiz:

Xulosa

Shu bilan maqolamizni yakunlaymiz.Kali linuxni VirtualBoxga o’rnatishni ko’rib chiqdik.Agar siz o’rnatish paytida biron bir muammoga duch kelgan bo’lsangiz telegramdagi guruhimizga yozib yordam olishingiz mumkin.Keyingi maqolalarda yanada qiziqarli mavzular haqida gaplashamiz.Telegram guruhimizni eslatib o’tamiz.

https://t.me/wearecwg

Categorized in:

Tagged in:

,