Assalomu alaykum barchaga.Bugungi maqolada biz Kali Linuxdan anonim holatda foydalanish usullarini ko’rib chiqamiz.Ko’pchilikning “Kali Linux-da anonimlik” iborasini eshitganida xayoliga keladigan birinchi narsa bu TOR yoki VPN.Aslida ikkalasi ham(TOR va VPN) 100% anonimlikni kafolatlay olmaydi.O’zi umuman olganda anonomlik tushunchasi nisbiy tushuncha hisoblanadi.
“Ideal anonimlik“ka erishish juda ko’p faktorlar tufayli qiyin va ehtimol imkonsizdir ammo bugungi maqolada ko’rsatmoqchi bulgan vosita orqali anonimlik darajasini sezilarli darajada oshirishimiz mumkin.
Pentestingda “anonim” bo’lishga u qadar ehtiyoj yo’q shu sababli bu mavzuga chuqur kirmaymiz.Agarda anonimlik mavzusi sizga qiziq bo’lsa izohlarda yozib qoldiring yoki bu haqida bizga bildiring biz bu mavzu buyicha yana ham qiziqarli darslar tayyorlaymiz.
Kali Linuxda anonimlik
TOR – onlayn anonim bo’lishning yaxshi usuli, lekin ko’plab provayderlar,yirik saytlar va xizmatlar asosiy shlyuz(Gateway) sifatida Tordan foydalanilayotganligini aniqlash va bloklash texnologiyasiga ega.Bunga yaxshi misol Google.
VPN-larga kelsak, ular log jurnallarini o’zlarining ma’lumotlar bazasida saqlashlari mumkin.Ularning ko’pchiligi albatta buning aksini ya’ni xech qanaqa loglarni saqlamasligini bildirishadi.Ammo amaliyot shuni ko’rsatadiki(Internetda ko’plab vpn serverlar loglari sizdirilganligi haqida ma’lumotlar bor), har doim hammaga ham ishonish kerak emas.
Kali Linuxda TOR va ochiq kodli AnonGT vositasi bilan anonimlik.
AnonGT – bu Kali Linuxda anonimlikni oshirish vositasi.U tarmoqni sozlash va onlayn identifikatoringizni yaxshiroq himoya qilish uchun bir qator xizmatlarni sozlash jarayonini avtomatlashtiradi.Oddiy qilib aytganda trafikni TOR tarmog’iga yunaltiradi. Ushbu vositadan foydalanilganda, sizni tarmoqdagi real ma’lumotlaringizni aniqlash juda qiyin bo’ladi.
https://github.com/gt0day/AnonGT
AnonGT ni o’rnatish
1.Dastlab tizimda so’ngi yangilanishlar mavjud bo’lsa tizimni yangilaymiz:
sudo apt update && sudo apt upgrade -y
2.Git clone komandasi orqali AnonGT repozitoriyasidan nusxa olamiz:
git clone https://github.com/gt0day/AnonGT
3.AnonGT katalogiga o’tamiz
cd AnonGT
4.Kerakli dasturiy ta’minotlarni o’rnatamiz:
sudo python3 install.py
AnonGT dan foydalanish
1.O’rnatilgandan so’ng, anonimlikni o’rnatish uchun AnonGT dan foydalanishni boshlash mumkin.
sudo anongt
2.AnonGT anonimlikni o’rnatish uchun turli xil variantlarni taklif qiladi, jumladan eng ko’p foydalaniladigan komandalarni eslatib o’tamiz:
AnonGT ni ishga tushirish va o’chirish uchun:
sudo anongt start // AnonGT dan standart ishga tushirish;
sudo anongt stop // AnonGT Anonim rejimini o'chirish;
AnonGT muvvaffaqiyatli ishga tushganligi va anonimlik ishlayotganligini
https://check.torproject.org/ sahifasiga kirish orqali tasdiqlash mumkinligi taklif qilinmoqda tekshirib ko’ramiz:
Tor trafikni grafik rejimda monitoringini kuzatish uchun:
sudo anongt status
Qolgan barcha funksionallarini o’zingiz test qilib tekshirib ko’rishingiz mumkin.
Muhim eslatmalar
Ehtiyotkorlik bilan foydalanish: AnonGT anonimlik darajasini oshirishga yordam berishi mumkin bo’lsa-da, bu sizni butunlay anonim qilib quymaydi.
Yangilanishlar va qo’llab-quvvatlash: AnonGT-ni muntazam ravishda yangilanishlar uchun tekshirish va yaxshilanishlar va tuzatishlar uchun GitHub repo-ni kuzatib borish.
Xulosa
AnonGT ko’plab murakkab vazifalarni avtomatlashtirish orqali va tizimdagi butun trafikni TOR servisiga yunalishtirish bilan Kali Linuxda anonimlikni yaxshilashning qulay usulini taqdim etadi. Biroq, har doim maksimal anonimlik uchun kompleks yondashuv talab etiladi.
AnonGT-ni o’rnatish va ishlatishda savollaringiz yoki muammolaringiz bo’lsa telegram guruhimizga yozishingiz mumkin biz albatta yordam beramiz.Savollar uchun telegram guruhimizni eslatib o’tamiz:
Comments