Zamonaviy raqamli asrda internetdagi harakatlarimizning to’liq maxfiyligiga ishonish mumkinmi? Shubhasiz, yo’q.Hech kimga sir emaski, biz haqimizdagi ma’lumotlar reklama qilish, marketing tadqiqotlarini o’tkazish va hokazolar uchun to’planadi.Xush bizni internet bilan ta’minlovchi internet provayder internetdagi har bir qadamimiz haqida biladimi?

Internet provayderlar o’z foydalanuvchilari haqida qanday ma’lumotlarni bilishi mumkin.Bugungi maqolamizda aynan shu savolga javob topishga harakat qilamiz.

Provayder nima?

Internet provayderi (ISP Internet Service Provider) – bu foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlaydigan kompaniya yoki tashkilot.Internet-provayderning asosiy vazifasi o’z mijozlarini barqaror, ishonchli va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashdir

Internet Service provider

Umuman olganda, provayderlar bilan hamma narsa unchalik oson emas, ular foydalanuvchilar qonunni buzadigan ish bilan shug’ullanayotganligini aniqlash maqsadida qonuniy ravishda foydalanuvchilarning trafigini kuzatishlari mumkin.Albatta, ular barcha ma’lumotlarni to’liq tekshira olmaydilar, lekin asosiy ma’lumotlar loglarda qayd etib boriladi.

Barcha trafik va ma’lumotlar avtomatik ravishda loglarda yozib boriladi,O’rnatilgan filtrlash asosida tizim shubhali narsani sezgandagina inson aralashuvi bo’ladi.

Bugungi maqola Savol&Javob formatida bo’ladi.

Provayder qanday ma’lumotlarni aniq biladi?

Internet xizmatlariga ulanishda siz va provayder urtasida shartnoma tuziladi.Shartnomada sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz kiritiladi.Shuning uchun maxsus xizmatlar provayder kompaniyasiga biror shaxs buyicha surov yuborsa shartnomada ko’rsatilgan ma’lumotlar buyicha provayder ma’lumotlar bazasidan ushbu shaxsni osongina topish mumkin.

Agar ma’lum bir veb-saytni ochsam, bu provayderga ko’rinadimi?

Bu ko’proq siz kirayotgan saytning foydalanayotgan protokoliga bog’liq.Bizga ma’lumki internetda ma’lumotlarni uzatishning 2 xil turdagi protokoli mavjud.HTTP va HTTPS

HTTP vs HTTPS

1 Holatda(http) – Ha ko’rinadi,ko’p hollarda domen nomi kamdan kam holda sayt ip manzili ko’rinadi.Shuningdek qachon qaysi vaqtga kirganligingiz ham loglarda yozib boriladi.Ushbu saytdagi barcha harakatlaringiz provayder tomonidan ko’riladi: parollar, loginlar, xabarlar va boshqalar.

2 Holatda(https) – Faqat asosiy sayt manzili, chiquvchi/kiruvchi trafik hajmi, saytdagi vaqt miqdori qayd etiladi, LEKIN resurs ichidagi harakatlaringiz, parollar, loginlar, yozishmalaringiz va hokazolar ko’rinmaydi.Chunki HTTPS ma’lumotlarni shifrlash orqali himoya qiladi.Shuning uchun undan(HTTPS) foydalanish tavsiya etiladi.

Provayder qidiruv tizimlaridagi(Google,Yandex va boshqalar) qidiruv so’rovlarimni ko’radimi?

Provayder sizning qidiruv so’rovlaringizni ko’rmaydi, chunki barcha asosiy qidiruv tizimlari HTTPS shifrlash protokollaridan foydalanadi.

Agar Torrent orqali film yoki dasturni yuklab olsam provayder buni qanday bilishi mumkin?

Gap shundaki, torrent mijozi torrent trekeri bilan HTTP protokoli orqali bog’lanadi, shuning uchun provayder siz yuklab olgan hamma narsani (shunchaki torrent fayli yuklab olingan sahifani tahlil qilish orqali) va qachon (boshlangan/tugan) ko’rishi mumkin.Torrent trekerlar HTTPS protokoli orqali ham ma’lumotlar uzatishi mumkin, lekin negadir MDHdagi katta katta torrentlar ham bunday protokolni qo’llab-quvvatlamaydi, nima uchunligi bu – jumboq).

Provayder men yuklab olgan hamma narsani saqlaydimi?

Yo’q, bu jismonan imkonsiz chunki barcha narsani saqlash uchun qattiq disklar yetishmaydi.Faqatgina sizni trafik ma’lumotlaringiz qayta ishlanadi, saralanadi va statistik ma’lumotlar sifatida saqlanadi, bu ma’lumotlar esa yillar davomida saqlanadi.

Agar VPN-dan foydalansam, provayder hech narsani ko’rmaydimi?

Agar siz VPN xizmatidan foydalansangiz bu holatda sizni qo’rilmangizda kiruvchi va chiquvchi trafik shifrlangan holatda junatiladi va qabul qilinadi.Ammo provayder ip manzil orqali bu trafikni shifrlash uchun maxsus VPN ekanligini aniqlashi mumkin.Yani VPN dan foydalanayotganligingizi provayder biladi.

VPNdan foydalanilganda

Agar OpenVPN dasturidan foydalansam, barcha dasturlar, jumladan, yangilanishlar ham u (OPenVPN) orqali ishlaydimi?

Nazariy jihatdan, ha, va umuman, olganda shunday bo’lishi kerak. Lekin amalda hammasi OpenVPN sozlamalarga bog’liq.

Agar VPN orqali biror saytga kirsam, provayder usha saytning haqiqiy IP manzilini bilib oladimi?

Aslida, yo’q, lekin masalaning yana bir nozik tarafi bor.Agar to’satdan siz ulangan VPN ishlashni to’xtatsa yoki biron bir xato bo’lsa(odatda VPNda uzilish bulganligi ko’p xollarda sezilmaydi), dasturlar odatdagidek,shunchaki to’g’ridan-to’g’ri ya’ni VPN-dan foydalanmasdan ishlay boshlaydi. Bu holatda trafik tugridan tugri sayt serverlariga junatiladi.

Ya’ni, agar VPN ishlashida xatolik yuzaga kelsa, provayder mening qaysi saytda ekanligimni ko’radi?

Afsuski, ha, hamma narsa avtomatik ravishda yozib olinadi.

TOR anonimlikni ta’minlay oladimi?

Ehtimol,Aniq fakt shundan iboratki internet provayderingiz TOR dan foydalanishingizni qayd qiladi. Lekin aynan qaysi saytlarga tashrif buyurganingizni ko’ra olmaydi.Bu shuni anglatadiki,siz TOR dan foydalanasizmi demak sizda yashiradigan nimadir bor, xulosani o’zingiz chiqaring )).

TORdan foydalanilganda

Men doimiy ravishda turli IP manzillardan paketlar olganimda Provayder nimani ko’radi?

Provayderlarda TOR-dan foydalanishni aniqlash tizimi mavjud, ammo bu tizim TOR obfs4 bridges ishlatilganda ham ishlashi aniq emas.TOR-dan foydalanish fakti ham qayd etiladi va tizim avtomatik tarzda provayderga ushbu foydalanuvchi nimanidir yashirayotgan bo’lishi mumkinligini aytishi mumkin.

Internet provayderi Tor yoki VPN orqali sayt manzilini ko’radimi?

Yo’q, faqat VPN IP manzilini yoki TOR ning chiqish node ni ko’rishi mumkin.

HTTPS protokolidan foydalanganda manzilning toʻliq nomi Provayderga koʻrinadimi?

Yo’q, faqat domen manzilini (ya’ni faqat site.com), ulanish vaqtini va uzatilgan qabul qilingan trafik hajmni ko’rinishi mumkin.Ammo bu ma’lumotlar provayder uchun ma’lumot nuqtai nazaridan unchalik foydali emas.Lekin yo’qorida aytganimizdek HTTP foydalanilganda provayder saytdagi barcha xarakatlaringizni ko’rishi mumkin.

Agar I2P tarmog’idan foydalansam internet provayder buni sezadimi?

Xa sezadi, ammo hozircha ushbu turdagi tarmoq provayderlarga TOR tarmog’iga qaraganda juda kam ma’lum.Masalan, TOR, o’zining mashhurligi tufayli razvedka idoralarining e’tiborini tobora ko’proq jalb qiladi.ProvayderI2P-dagi trafikni turli IP-manzillarga shifrlangan ulanish sifatida ko’radi, bu mijozning P2P tarmog’i bilan ishlayotganligini ko’rsatadi.

Kompyuterdagi barcha trafikni provayderlar ko’rganidek qanday ko’rish mumkin?

Buning uchun sizga trafikni sniffing va tahlil qilishga muljallangan dasturlar yordam beradi(Masalan Wireshark).

Meni internetdagi harakatlarimni kuzatib borishayotgan yoki yo’qligini aniqlashning biror bir usuli bormi?

Bugungi kunda bu deyarli imkonsiz.Faqat faol tarzda MITM(o’rtadagi odam) hujum amalga oshayotganda biror narsadan shubhalanishi mumkin.Agar passiv kuzatuv ishlatilsa, uni aniqlash texnik jihatdan imkonsiz.

Xulosa

Xulosa qilishimiz mumkinki, provayder sizning internetdagi faoliyatingiz to’g’risida “hujjat” to’plashi shart emas.Chunki bu undan qo’shimcha moliyaviy xarajatlarini talab qiladi.Shunday qilib, siz onlayn makonda noqonuniy xatti-harakatlarga yo’l qo’ymas ekansiz, sizning internetdagi aktivligingiz haqidagi ma’lumotlar, asosan, statistik ma’lumotlarni yig’ish uchungina qiziqarli.

Ammo shuni yodda tutingki, huquqni muhofaza qilish organlarining rasmiy so’roviga binoan provayder sizning internetdagi faoliyatingiz haqidagi o’zida mavjud ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.

Mavzu buyicha savollar uchun telegram guruhimizni eslatib o’tamiz:

https://t.me/wearecwg

Categorized in:

Tagged in:

, ,